Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi, daniyalik himoyachi Simon Kyaer 2022 yilda qo'lga kiritilgan chempionlikni esladi.

Uning so'zlariga ko'ra, 2022 yilning 24 aprelida Rimning "Latsio" klubiga qarshi o'yin hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan, o'shanda "Milan" birinchi bo'limda mag'lub bo'lib, keyinchalik irodali g'alabaga erisha olgan.

"Latsio" bilan o'yin biz uchun hal qiluvchi turtki bo'ldi. Ibrohimovich ham ijobiy, ham salbiy ma'noda keskinlikni yuzaga keltirdi. U g'alaba qozonishni juda xohlardi. Men uchun Zlatan juda ko'p narsani anglatadi", - deya Kyaerning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

"Milan"dan tashqari, Kyaer Italiyaning "Palermo", "Roma" va "Atalanta" kabi klublarida ham o'ynagan. "Milan" jami 19 marta Italiya chempioni bo'lgan.