"Milan" ikki hafta ichida ikkita musobaqani tark etdi.

Massimiliano Allegri jamoasi kecha Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"ga 2:0 hisobida yutqazdi.

Dekabr oyida "rossonerilar" Italiya kubogida "Latsio"ga 1:0 hisobida yutqazishgandi, A Seriyada "Torino"ni 3:2 hisobida mag'lub etishdi va "Sassuolo" bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi.

"Milan"ning yilning so'nggi o'yini "Verona"ga qarshi bo'ladi. O'yin 28 dekabr kuni bo'lib o'tadi.