Portugaliyalik markaziy hujumchi Gonsalu Ramush «Milan» a'zosiga aylandi. Italiya jamoasi matbuot xizmati hujumchi sotib olinganini klubning rasmiy saytida ma'lum qildi.

25 yoshli futbolchi Frantsiyaning «PSJ» klubidan sotib olindi. Avvalroq kelishuv summasi taxminan 75 million evroni tashkil etgani xabar qilingandi. Shu tariqa, Ramush «Milan» tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.

Forvardning yangi klub bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.

«Benfika» tarbiyalanuvchisi 2024 yildan beri Frantsiyada to'p surib kelayotgan edi. «PSJ» libosida o'tkazilgan ikki yarim mavsum davomida u barcha turnirlarda 131 ta o'yinda maydonga tushib, 45 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz