"Milan" Rabo bilan shartnoma imzolashdan uzoqda

"Marsel" yarim himoyachisi Adrien Rabo mish-mishlarga qaramay, hozircha "Milan"ga o'tmayapti.
Frantsuz "Bolonya"ga sotib yuborilgan Jonatan Rou bilan kiyinish xonasidagi janjal tufayli klubini o'zgartirishi mumkin. Italiyaga ko'chib o'tish bilan Raboni ham bog'lashmoqda, unga asosiy da'vogarlardan biri "Milan" ekani aytilmoqda, biroq kelishuv murakkab ko'rinmoqda. Jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha, "rossonerilar"ning 30 yoshli xavbek bilan muzokaralarida hozircha hech qanday siljish kuzatilmayapti.
Adrien Rabo "Yuventus"dagi o'yinlari orqali A Seriya bilan tanish - u erda 2019 yildan 2024 yilgacha o'ynagan, shundan so'ng erkin agent sifatida ketgan. Futbolchiga "Napoli" va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.