"Milan" Rabo bilan bog'landi

"Milan" Adrien Raboni sotib olmoqchi.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, so'nggi soatlarda Italiya klubi "Marsel" yarim himoyachisining transferini yakunlash bo'yicha aniq qadamlar qo'ygan va futbolchining o'zi bilan bog'langan.
"Rossonerlar" bosh murabbiyi, "Yuventus"da Rabo bilan birga ishlagan Massimiliano Allegri 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashni so'radi.
Eslatib o'tamiz, "Marsel" echinish xonasida Jonatan Rou bilan janjaldan keyin Adrienni transferga qo'ygandi. Frantsuz klubi 15 million evro olmoqchi ekani xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi Liga 1da 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.