«Milan» prezidenti: «Futbol klublari basketbolni Evropaga olib kelishi kerak»

«Milan» egasi va RedBird Capital Partners asoschisi Jerri Kardinale klubning Evropadagi NBA loyihasining bir qismiga aylanish istagi haqida gapirib berdi.
«NBA, ehtimol, AQShdan chiqqan yagona chinakam xalqaro sport turi hisoblanadi. Maykl Jordan, Medjik Jonson va Larri Byord ishtirokidagi «Orzular jamoasi» davrlari o'tdi. Siz buni Olimpiadada ko'rdingiz, NBA’ning so'nggi yillardagi ko'plab eng yaxshi o'yinchilari (MVP) Evropadan kelganligida ko'rdingiz. Evropa basketbolda haqiqiy kuchga aylandi va Amerika hamda Evropa o'rtasida hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyat mavjud.
Evroliga 26 yildan beri mavjud va jamoalarning aksariyati foyda keltirmaydi. Bu barqaror emas. Shuning uchun, menimcha, Evropa futbol klublari NBA bilan hamkorlik qilishi va NBA basketbolini Evropaga olib kelishi kerak. Men Milanda aynan shuni amalga oshirishga harakat qilaman.
Biz «Milan» brendini rivojlantirishda davom etishimiz, muxlislar bazasiga imkoniyatlar taklif qilishimiz va moliyaviy profilni yaxshilashimiz lozim. Bularning barchasi hamma bir-biridan foyda ko'rishi kerak bo'lgan ekotizimning bir qismidir», — deya Kardinalening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.