"Milan"ning yangi futbolchisi klubdagi debyut golidan keyin his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi

"Milan"ning yangi futbolchisi Kristofer Nkunku Italiya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Lechche"ga (3:0) qarshi o'yinda klub safidagi debyut golini urganidan so'ng hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men asosiy tarkibda maydonga tushgan birinchi o'yinda klubdagi debyut golimni kiritganimdan juda xursandman. Bu jamoa uchun juda muhim g'alaba va shaxsan men uchun ajoyib lahza. Musobaqaning keyingi bosqichiga o'tishga muvaffaq bo'lganimizdan xursandmiz. Albatta, o'z ustimda ishlashga harakat qilaman. "Milan"ga kelganimdan beri bu erda o'zimni juda qulay his qilyapman", dedi Nkunku.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning yozida "Milan" "Chelsi"dan 37 million evro evaziga Kristofer Nkunkani sotib olgan edi.