"Milan"ning "Verona"ga qarshi o'yinida anshlag kutilmoqda

Italiyaning "Milan" klubi Superkubokdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng chempionatga qaytmoqda va o'n ettinchi tur doirasida "rossonerilar" "Verona"ga qarshi maydonga tushadi. Bu Massimiliano Allegri shogirdlari uchun uy uchrashuvi bo'ladi - unda anshlag bo'lishi kutilmoqda.
Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o'yinga deyarli barcha chiptalar sotilgan - 73 ming atrofida. Italiyaliklar o'tgan turni "Milan" o'tkazib yuborgani uchun futbolni sog'inishganmi yoki Rojdestvo bayrami munosabati bilan endi bo'sh vaqtlari ko'payganmi?
Eslatib o'tamiz, "Milan" ayni damda Italiya A Seriyasi musobaqa jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.