"Korintians" "Milan"ning Ugo Souza uchun taklifini rad etdi.

Jurnalist Vene Kasagrandening so'zlariga ko'ra, Italiya klubi 26 yoshli darvozabon uchun 6 million evro va 2 million evro bonus taklif qilgan. Biroq, braziliyaliklar bu miqdorni juda past deb hisoblashgan.

Ta'kidlanishicha, "Korintians" futbolchining 60 foiz huquqlariga ega, 40 foiziga esa "Flamengo" egalik qiladi.