"Milan"ning sobiq yarim himoyachisi Qozog'iston klubiga o'tdi

"Milan"ning sobiq futbolchisi Aleksandr Merkel "Jenis"ga o'tdi.
Qozog'iston klubi va 33 yoshli xavbek o'rtasida shartnoma imzolandi. Tafsilotlar oshkor etilmaydi.
Merkel "Milan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, u "Jenoa", "Udineze", "Utford", "Boxum", "Xerakles", "Gaziantep" va boshqa klublarda o'ynagan.
Aleksandr Germaniya o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida o'ynagan, shuningdek, Qozog'iston terma jamoasi safida uchta o'yin o'tkazgan.