"Milan" hozirda jamoaning haqiqiy etakchilaridan biriga aylanib qolgan Luka Modrichning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi, deya xabar bermoqda Pianetamilan nashri.

Manbaga ko'ra, klub 40 yoshli xorvatiyalikka kelishuvni yana 1 yilga uzaytirish bo'yicha taklif tayyorlamoqda. Modrichning o'zi JCh-2026'dan so'ng kelajagi bo'yicha qaror qabul qiladi.

Luka joriy mavsum avvalida "Real"dan erkin agent sifatida "rossonerilar" safiga o'tgan edi. Jamoa uchun jami 21 ta o'yinda u 1 ta gol urid, 2 ta assist amalga oshirdi.