"Milan" futbolchisi Aleksis Salemakers A Seriya 1-turidan o'rin olgan "Kremoneze"ga (1:2) qarshi o'yinda Rafael Leauning yo'qligi mag'lubiyatga asosiy sabab bo'ldimi, degan savolga javob berdi.

Portugaliyalik vinger jarohati tufayli uchrashuvni o'tkazib yubordi. "Rossonerilar" kutilmaganda o'z uyida yuqori divizionning yangi vakiliga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

"Leau etishmadimi? Rafa - fantastik o'yinchi, u hatto markaziy hujumchi pozitsiyasida ham juda foydali. Ammo Ximenesga ham ishonamiz, shuning uchun ularning qaysi biri maydonga tushishi muhim emas. Bizda ahil jamoa bor," - dedi Salemakers matbuot anjumanida.