"Milan"ning iste'dodli hujumchisi futbol tarixiga kirishni orzu qilmoqda

"Milan"ning iste'dodli hujumchisi, hozirda "Lechche"da ijarada to'p tepayotgan Franchesko Kamarda futbol tarixiga kirishni orzu qilmoqda.
"Italiya terma jamoasida o'ynashni orzu qilaman. Agar terma jamoaga chaqiruv olsam, xursand bo'lardim. O'z faoliyatimni U-15 yoshlar terma jamoasi tarkibida boshlagan bo'lsam, hozirda U-21 yoshlar terma jamoasida o'ynamoqdaman. Bu men uchun faxr.
Meni Zlatan Ibrahimovich ilhomlantiradi. U futbol tarixiga kirdi va men ham bunga erishishni istardim. Men u haqidagi filmni yiliga kamida bir marta ko'raman. U barcha davrlarning eng yaxshi o'yinchilaridan biri," - deya qo'shimcha qildi Kamarda.
2025/26 yilgi mavsumda Franchesko Kamarda klub va Italiya yoshlar terma jamoasi safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.