"Milan"ning asosiy transfer maqsadi ma'lum

"Milan"da transfer oynasi yopilgunga qadar yana bir nechta kelishuvlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ma'lum qilishicha, "rossonerilar"ning ustuvor maqsadi - "Marsel" yarim himoyachisi Adrien Raboni o'z safiga qo'shib olish. "Provansalliklar" frantsuz uchun 15 mln evro so'ramoqda.
Qayd etilishicha, "Milan" Rabioning agenti bo'lgan onasi bilan aloqada bo'lib turibdi. Tomonlar mumkin bo'lgan hamkorlik shartlarini muhokama qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Marsel" kiyinish xonasida jamoadoshi Jonatan Rou bilan mushtlashgan Adrien Raboni sotuvga qo'ygan edi. Darvoqe, ingliz allaqachon "Bolonya"ni sotib bo'lgan.