"Milan" uchun noxush xabar: klubning asosiy o'yinchilaridan biri, hujumchi Kristian Pulishich jarohat oldi.

Bu AQSh va Avstraliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini chog'ida ro'y berdi va unda amerikaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 

Pulishich maydonni erta tark etgan, keyinroq esa AQSh bosh murabbiyi Maurisio Pochettino voqeaga izoh bergan.

"U mushaklarida og'riq sezdi. Hozircha hech narsa deya olmayman. Ertaga u qo'shimcha tekshiruvdan o'tadi va Kristian ertaga Italiyaga uchishi kerak", - deya Pochettinoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.