"Milan" ijtimoiy tarmoqlarda yarim himoyachi Luka Modrichga bag'ishlangan postni e'lon qildi.

Seshanba kuni xorvatiyalik futbolchi 40 yoshga to'ldi.

"Futbol tarixini yozishdan tortib, "Milan"da yangi sahifani boshlashgacha. Tug'ilgan kuningiz bilan, Luka Modrich", - deyiladi klub xabarida.