"Milan" Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Darvozabonga yangi shartnoma bo'yicha bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 7 mln evro taklif qilinmoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. Darvozabon kelishuvni uzaytirishga rozi bo'lsa, Leau bilan birga jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Frantsiya terma jamoasining 30 yoshli posboni bilan kelishuv 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq Menyan tomoni yiliga 8 mln evro maosh so'ragani xabar qilingandi.