"Milan" 30 yoshli frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan bilan yangi shartnoma imzolashdan umidini uzmayapti. Avvalroq, A Seriya klubi darvozabonga 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgani va uning maoshi yiliga 2,8 million evrodan 5,5 million evrogacha oshirilishi haqida xabar berilgandi. Ammo OAV Menyan buni rad etganini ta'kidladi. "Milan" sport direktori Igli Tare vaziyatga izoh berdi.

"Yozda Mayk bilan yaxshi suhbatlashdik. Biz tinch muhitda muloqot qilamiz. Biz kelishuvga erishdik, keling, hozir qo'limizdan kelganini qilaylik va keyin nima bo'lishini ko'raylik. Menyanda hammasi joyida", - deya Taraning so'zlarini keltiradi futbol insayderi Fabritsio Romano.

Avvalroq, Menyan uchun "Chelsi" va "Yuventus" klublari kurash olib borayotgani ma'lum bo'lgandi. Joriy mavsumda darvozabon "Milan" safida 14 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning yarmini golsiz o'tkazdi.