«Milan» «Manchester Siti» himoyachisi uchun taklif yubordi

"Milan" "Manchester Siti"ga Manuel Akanji transferi bo'yicha og'zaki taklif bilan chiqdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, "rossonerilar" himoyachi uchun 15 mln evro va bonuslar to'lashga tayyor. Klublar o'rtasidagi muzokaralarda hech qanday muammo kutilmayapti, "shaharliklar" futbolchini qo'yib yuboradi.
"Milan" 30 yoshli shveytsariyalik futbolchining vakillari bilan muloqot qilmoqda - xuddi "Tottenxem" kabi.
Akanji o'tgan mavsumda APLda 26 ta o'yinda maydonga tushdi.