"Milan" "Manchester Siti" futbolchisi bilan muzokaralar olib borganini tasdiqladi

"Milan" "Manchester Siti" markaziy himoyachisi Manuel Akanjining transferini yakunlashga umid qilmoqda.
"Shaharliklar" "rossonerilar" asosiy da'vogar bo'lgan 30 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Endi shveytsariyalik futbolchiga qiziqish borligi haqidagi ma'lumotni Italiya klubi sport direktori Igli Tare tasdiqladi.
"Tizimning o'zgarishi bizni qiyin ahvolga solib qo'ydi - aql bilan harakat qilishimiz va tajribali o'yinchini o'z safiga qo'shib olishimiz kerak. Akanji bu talablarga javob beradi," - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Mish-mishlarga ko'ra, Manuel Akanjiga "Kristal Pelas", "Galatasaroy", "Bayer" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda.