«Latsio» himoyachisi Mario Xila faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, yaqin ikki kun ichida «Milan» va «Latsio» klublari o'rtasida Xilaning transferi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar bo'lib o'tadi. Manbaga ko'ra, rimliklar o'z futbolchisi uchun 30 million evro talab qilmoqda.

Futbolchining o'zi «Milan»ga ko'chib o'tishni istaydi va klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Xilaning yillik maoshi 4,5 million evroni tashkil etadi, bunga qo'shimcha ravishda yana bir million evro bonuslar ko'rinishida to'lanishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Xila barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq birorta ham golli uzatma yoki gol muallifiga aylana olmadi.

Manba: Stadion.uz