"Milan" klubi hujumchisi Kristofer Nkunku katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi.

Insayder Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, "rossonerilar" rahbariyati frantsiyalik futbolchi bilan allaqachon yanvar oyida xayrlashmoqchi bo'lgan, biroq o'shanda futbolchi har qanday holatda ham klubda qolishga qaror qilgan edi. Endilikda Milan klubi forvardning agenti Pini Zaxaviga jamoa yozgi transfer oynasi vaqtida Nkunkuni sotish niyatida ekanligini rasman ma'lum qildi.

Kristofer Nkunku 2024 yilda Londonning "Chelsi" klubidan 37 million evro evaziga "Milan"ga o'tgan edi. Uning italyan klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda hujumchi "rossoneri" tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.