"Milan" Kostich transferi uchun 5 million evro sarflashga tayyor

"Milan" va "Partizan"ning 18 yoshli hujumchisi Andrey Kostich bilan shaxsiy shartnomani kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Italiya klubi hujumchining transferini bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 5 million evrodan kamiga amalga oshirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu mavsumda Kostich Serbiya chempionatida 20 ta o'yinda 8 ta gol urdi. U maydonda o'rtacha 26 daqiqa vaqt o'tkazadi.