Hujumchi Lorentso Kolombo «Milan»dan «Jenoa»ga doimiy asosda ko'chib o'tdi.

O'tgan yozda «rossoneri» futbolchini 10 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga bergan edi. Ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda, bu band majburiy sotib olishga aylanishi mumkin edi.

Bugun Kolombo «Jenoa» bilan 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Yakunlangan mavsumda Lorentso A Seriyada 37 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.