«Milan» klubi «Bolonya» yarimhimoyachisi Jovanni Fabbian bilan qiziqmoqda. TMW ma'lumotiga ko'ra, klublar transfer bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan va bitim transfer oynasi yopilishigacha amalga oshishi mumkin.

Kelishuv qiymati taxminan 15 million evroga baholanmoqda. Shuning 12–13 million evrosi asosiy summa, qolgan qismi esa bonuslardan iborat bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Fabbian 2023 yil yozida «Inter»dan «Bolonya»ga 5,37 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.