"Milan" hujumchisi Santyago Ximenesning to'pig'ida muammo bor. Klub va futbolchi operatsiya o'tkazish bo'yicha bir qarorga kelishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Meksikalik futbolchi so'nggi haftalarda maydonga tushmaganini inobatga olib, tez orada operatsiya qilinishi mumkin.

Avval xabar qilinganidek, "Milan" "Vest Xem"dan Niklas Fyullkrugni yangi hujumchi sifatida sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda, deya ta'kidlamoqda Romano.