"Milan" hozircha Fyullkrugni ijaraga olish borasida kelishib olgani yo'q

Italiyaning "Milan" klubi "Vest Xem" bilan hujumchi Niklas Fyullkrug transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Jurnalist Patrik Bergerning ta'kidlashicha, "Milan" va "Vest Xem" o'rtasidagi kelishuv yakunlanish arafasida. Muzokaralar ilg'or bosqichda. "Bolg'achilar" Fyullkrugni sotib olish optsiyasi bilan ijaraga olish taklifini oldi. To'liq kelishuvga tez orada erishish mumkin.
Joriy mavsumda 32 yoshli Fyullkrug barcha musobaqalarda to'qqizta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, germaniyalik forvardning narxi sakkiz million evroni tashkil etadi.