"Arsenal" himoyachisi Yakub Kivior "Milan"ning transfer qiziqishlari ostida qolmoqda. Biroq yaqinda berilgan ma'lumotlarga ko'ra, polyak "Portu"ga o'tishga yaqin turibdi.

Shunga qaramay, jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, «rossonerilar» har doim ham «kanonirlar» tarkibiga kiravermaydigan 25 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash g'oyasidan voz kechishmagan.

Yakub Kivior yaqin o'rtada Angliya premer-ligasida maydonga tushmadi.