«Milan» Goretskaga qanday shartnoma taklif qilayotgani ma'lum bo'ldi

Myunxenning «Bavariya» klubi bilan xayrlashishi aniq bo'lgan Leon Gorettska faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. «Milan» klubi 31 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda asosiy da'vogarga aylandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, «rossonerilar» Goretskaga yillik 5 million evro maosh va qo'shimcha bonuslar bilan 2029 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan. Shuningdek, futbolchini ko'ndirish maqsadida kelishuvni 2030 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa Gorettskani yozgi transfer oynasining bosh maqsadi sifatida belgilagan.
Eslatib o'tamiz, «Bavariya» rahbariyati Gorettska bilan amaldagi shartnoma uzaytirilmasligini yil boshidayoq tasdiqlagan edi.