"Milan" va "Vest Xem" klublari Niklas Fyullkrug transferini kelishib olishga yaqin turibdi.

La Gazeetra dello Sport xabariga ko'ra, klublar o'rtasida hujumchini ijaraga olish bo'yicha muzokaralar yakuniga etmoqda.

Tomonlar kelishuvga futbolchini 13-15 mln evroga sotib olish bandini kiritish masalasini muhokama qilmoqda. Inglizlar uning darhol majburiy bo'lishini yoki ma'lum shartlar bajarilganda majburiy bo'lishini xohlashadi.

Joriy mavsumda 32 yoshli germaniyalik futbolchi APLda 8 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ymadi.