OAV xabariga ko'ra, "Milan" "Sevilya" vingeri Dodi Lukebakioni sotib olmoqchi.

Qayd etilishicha, Italiya klubi futbolchi uchun 30 million evro to'lamoqchi. Ispanlar moliyaviy muammolarni hal qilish uchun Lukebakioni sotishga rozi bo'lishlari mumkin. "Sevilya" daromadni yangi futbolchilarga sarmoya qilmoqchi.

Dodi Lukebakio “Sevilya” safida 68 o'yin o'tkazgan. Ularda vinger 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.