"Milan" futbolchisiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda

"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Jeyms Uatlandning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. "Qizillar" uning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. "Nyukasl" ham Tomori uchun kurashmoqda.
Fikayo Tomori 2021 yilda "Chelsi"dan "Milan"ga 28 million evro evaziga qo'shilgan. Uning "Milan" klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. O'tgan mavsumda ingliz futbolchisi "rossonerlar" safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt Tomorining qiymatini 17 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar