O'tgan yozda "Chelsi"dan 35 million evroga sotib olingan Kristofer Nkunku nihoyat "Milan" safida gol urishga erishdi. 28 yoshli frantsuz "Verona"ga qarshi bahsda (3:0) ikki bor raqib darvozasiga yo'l topdi.

Ushbu o'yindan so'ng "rossonerilar" yulduzi Luka Modrich Nkunkuning harakatlariga baho berdi.

"Nkunku gol urishga loyiq edi, u mashg'ulotlarda juda ko'p ishlaydi va biz hammamiz uning qanday yaxshi o'yin qobiliyatiga ega ekanligini ko'rib turibmiz. Barchamiz u uchun juda xursandmiz, hujumchi uchun gollar juda muhim," - deya Modrichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

A Seriyaning navbatdagi o'yinida "Milan" 2 yanvar kuni "Kalyari"ga qarshi maydonga tushadi.