"Milan" futbolchisi London klubiga uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin "Fulxem" hujumkor futbolchining transferi borasida kelishib oldi.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, vinger Samu Chukvueze "Milan"ni tark etib, "Fulxem"ga o'tishga yaqin turibdi. Bitim kelishib olindi.
Romanoning so'zlariga ko'ra, "Fulxem" 26 yoshli Chukvuezeni ijaraga oladi. Shartnoma ixtiyoriy sotib olish variantini o'z ichiga oladi. Bu 25-26 million evro bo'lishi mumkin. Samu Chukvueze allaqachon "Fulxem" bazasida. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi.