"Milan" markaziy yarim himoyachisi Yunus Musa faoliyatini "Atalanta"da davom ettiradi.

Fabritsio Romano xabariga ko'ra, milanliklar 22 yoshli aqshlik bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi va "Atalanta"ga 25 million evroga sotib olish imkoniyati bilan 1 yilga ijaraga beradi.

"Milan" Musani 2023 yilda "Valensiya"dan 21 million evroga sotib olgan.