"Milan" de Ligt va Mitrovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'ldi

"Milan" Aleksandr Mitrovich va Matteys de Ligtga qiziqish bildirgan edi.
Jurnalist Luka Koenning ma'lum qilishicha, Italiya klubi transfer oynasi oxirida futbolchilar bo'yicha so'rov yuborgan.
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi sharafini himoya qilgan Mitrovich yuqori maosh talablarini qo'ydi. 4 sentyabr kuni serbiyalik forvard Qatarning "Ar-Rayyan" klubiga o'tdi.
"Manchester Yunayted" transfer qiymatini e'lon qilgach, de Ligt bilan aloqa uzildi. "Milan" fikriga ko'ra, u bozor narxidan ancha yuqori edi.
Har ikki futbolchi bilan muzokaralar to'xtatildi.