"Milan" daniyalik yarim himoyachini nishonga oldi

"Marsel" klubiga tegishli bo'lgan daniyalik yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg Italiya A Seriyasidan o'ziga variant topdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio o'z saytida xabar berdi.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Skandinaviyalik futbolchining bozor qiymati 15 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.
O'tgan Frantsiya chempionati mavsumida Per-Emil provansliklar jamoasi safida 32 ta o'yin o'tkazdi. Xyoyberg to'rtta gol urishga va beshta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar