«Milan»da Allegri bilan yaxshilikcha xayrlashish uchun yana uch kun vaqt bor

«Milan» klubi Massimiliano Allegriga tegishli bo'lgan gonorarni to'lab, mutaxassis bilan yaxshilikcha xayrlashishi uchun yana uch kun vaqt qoldi, deb xabar bermoqda pianetamilan.it.
So'nggi muddat — 16 iyun bo'lib, shu sanada klub kelgusi mavsum uchun A Seriyadagi ishtirokini rasman tasdiqlashi kerak. Agar vaziyat o'zaro kelishuv asosida hal etilmasa, u sudlashish darajasiga o'tadi, bu esa bahs muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda «Milan» uchun boshqa qo'shimcha xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Massimiliano Allegri roppa-rosa bir yil oldin klubni boshqargan edi, biroq chempionat yakunini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi va buning uchun darhol lavozimidan mahrum bo'ldi.