"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

London klubi 27 yoshli futbolchi bilan hisoblashmayapti, u o'yin amaliyoti kamligi tufayli ketishdan xursand.

Ayni damda “rossonerilar” Nkunku uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda: jurnalist Sasha Tavolerining so'zlariga ko'ra, A Seriya grandi forvard uchun 30 million evro to'lashga tayyor.

"Bavariya" ham Kristofer Nkunku uchun kurashda, ammo Myunxen klubi "Chelsi"ga to'g'ri kelmaydigan ijara variantini taklif qildi.