"Milan" "Chelsi" bilan Kristofer Nkunku transferi bo'yicha deyarli kelishib oldi.

Klublar 27 yoshli forvardning transferini bonuslarni hisobga olgan holda 40-45 mln evroga kelishishga yaqin turibdi, deb xabar beradi L'Equipe.

Futbolchining o'zi allaqachon "rossonerilar" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.

Frantsiyalik futbolchi o'tgan mavsum APLda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.