«Milan» «Bavariya» futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin

«Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska tez orada «Milan» futbolchisiga aylanadi, deb xabar bermoqda ESPN jurnalisti Xaver Rodriges Paskual.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Milan» 31 yoshli germaniyalik futbolchining transferini yakunlashga yaqin turibdi. Goretskaning myunxenliklar bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi. Yanvar oyida «Bavariya» uning mavsum yakunida jamoani tark etishini e'lon qilgan edi.
Goretska 2018 yilning yozida «Shalke»dan «Bavariya»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda 31 yoshli nemis futbolchisi barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.