"Milan" qishda o'z tarkibini "Selta"da harakat qilayotgan "Barselona" tarbiyalanuvchisi Oskar Mingesa bilan kuchaytirishni o'ylamoqda.

Milan News xabariga ko'ra, "rossonerilar" joriy mavsum yakuniga qadar shartnomasi bo'lgan 26 yoshli ispaniyalik qanot himoyachisini 8-10 million evroga sotib olish mumkinligiga ishonmoqda.

Avvalroq, "Yuventus" ham Mingesa xizmatlariga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.