«Milan» «Barselona» futbolchisini transfer qilishdan voz kechdi

«Barselona»ning chap qanot himoyachisi Alexandro Balde «Milan» klubiga taklif qilingan edi.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh o'z mijozini boshqa klubga joylashtirishga harakat qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, portugaliyalik agent 22 yoshli futbolchi xizmatlarini «Milan»ga taklif etgan, ammo «rossoneri» muzokaralar olib borishni istamagan. Italiya klubi shu yozda boshqa yirik transferni amalga oshirishni rejalashtirmayapti.
Ma'lumot uchun, Alexandro Baldening Transfermarkt portalidagi bahosi 50 million evroni tashkil etadi. Ushbu yozgi transfer oynasida «Milan» o'z tarixidagi eng yirik ikkita transferni amalga oshirib bo'ldi va yangi futbolchilar uchun umumiy hisobda 160 million evrodan ortiq mablag' sarfladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar