"Milan" asosiy tarkib futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

"Milan" yaqin kelajakda Allegri davrida asosiy tarkibning barqaror futbolchisiga aylangan belgiyalik yarim himoyachi Aleksis Salemakers bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda bir vaqtning o'zida ikki italiyalik nufuzli jurnalist - Fabritsio Romano va Matteo Moretti xabar bermoqda.
Salemakers hozirgi klubida deyarli olti yildan beri o'ynab kelmoqda, u 2020 yilning yanvarida Belgiyaning "Anderlext" klubidan "Milan"ga o'tgan. O'shanda u klubga sakkiz million evroga tushgan.
Futbolchining yangi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, uning gonorari sezilarli darajada oshadi - har mavsum uchun bir million evrodan uch milliongacha.