"Milan" "Arsenal"ga o'z yulduzi narxini ma'lum qildi

"Milan" vingeri Rafael Leau kelasi yozda APL grandi safiga o'tishi mumkin.
Caughtoffside xabariga ko'ra, "Arsenal" 26 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olmoqchi. "Rossonerilar" o'z yulduzi uchun kamida 75 million evro so'rashini ma'lum qildi. O'tgan yozda ular Leauning narxini 100 million evroga baholagan edi.
Portugaliyalik yulduzning italiyaliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.