«Milan» klubi jamoaning sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri, shuningdek, sobiq bosh ijrochi direktor Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tarega umumiy hisobda 20 million evrodan ortiq mablag' to'laydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Furlani 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasiga ko'ra, bonuslar bilan birga taxminan 10 million evro olishi kerak edi. 2027 yilgacha shartnomasi bo'lgan Allegri 9 million evro, Igli Tare esa 3 million evro atrofida mablag' olishi ko'zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bu summalar hali yakuniy emas va klub ishdan bo'shatilgan mutaxassislar bilan muzokaralar o'tkazish orqali to'lovlarni kamaytirishga erishishi mumkin.

Avvalroq, «Milan» kelgusi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmagani sababli Massimiliano Allegri, sport va bosh ijrochi direktorlar iste'foga chiqarilganini e'lon qilgan edi.

Italiya chempionatining 38 ta o'yinidan so'ng «Milan» 70 ochko jamg'arib, turnir jadvalida beshinchi o'rinni egalladi.