"Milan" qishki transferlar vaqtida markaziy hujum pozitsiyasini kuchaytirishni istamoqda.

Xabarlarga ko'ra, "rossonerilar" bu yo'lda "Kristal Pelas"dan Jan-Filipp Matetani sotib olmoqchi.

Klub rahbariyati 28 yoshli frantsuz Massimiliano Allegri o'yin uslubiga mukammal tushadi, deb hisoblaydi.

Mateta joriy mavsumda ingliz klubi safida jami 20 ta o'yinda 8 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.