UFA prezidenti va "Milan"ning sobiq etakchisi Andrey Shevchenko Luka Modrichning "rossonerilar" safiga o'tishi haqida gapirdi.

"Modrichni hech kim bilan solishtirib bo'lmaydi. U klubimizga katta motivatsiya bilan kelgan haqiqiy master, futbol dahosi. Unda hali ko'p energiya bor va u o'zini butunlay ishga bag'ishlaganini ko'rish yoqimli," - dedi Shevchenko Tuttosport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Modrich "Milan"ga qadar 2012-2025 yillar davomida "Real" sharafini himoya qilgan. "Qaymoqranglilar" safida u to'rt marta Ispaniya chempionligini, ikki marta Ispaniya kubogini, shuningdek, olti marta Chempionlar ligasini qo'lga kiritgan.

Joriy mavsumda futbolchi "Milan" safida barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.