«Milan» Adrien Raboning transferini e'lon qildi

Frantsiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Adrien Rabo faoliyatini «Milan»da davom ettiradi. 30 yoshli futbolchining «Marsel»dan o'tishi haqida Italiya klubining rasmiy saytida ma'lum qilindi. Xabarda aytilishicha, futbolchi bilan 2028 yil yozigacha shartnoma imzolangan.
OAV ma'lumotlariga ko'ra, transfer qiymati 9 million evroga baholangan. Yana 1 million evro «Marsel»ga bonus sifatida to'lanishi mumkin. Rabo 2024 yil sentyabridan buyon «Marsel» safida o'ynab, turli musobaqalarda 32 o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 6 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
2019–2024 yillar oralig'ida Adrien Rabo Italiya A Seriyasida «Yuventus» sharafini himoya qilgan. Frantsuz futbolchisi turinliklarni erkin agent sifatida tark etgan edi.
Manba: championat.com