"Milan" A Seriya turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Massimiliano Allegri jamoasi 7-turda "Fiorentina"ni mag'lub etib (2:1), peshqadamga aylandi. Uning hisobida 16 ochko bor.

"Inter", "Napoli" va "Roma" 15 ochkodan jamg'arib, kuchli to'rtlikka kirdi. Ulardan keyingi o'rinlarda "Bolonya" (13), "Komo" (12), "Yuventus" (12) va "Atalanta" (11) bormoqda.

Hozirda xavfli zonada "Fiorentina", "Jenoa" va "Piza" bor - ularda 3 tadan ochko bor.

Manba: www.stadion.uz.
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.